Toshkent aeroportida fuqaro 135 mln so‘mli tilla piyola bilan ushlandi
3-sahifa
−
20 may
7750Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari tomonidan Germaniyaning Myunxen shahriga parvozga otlangan fuqaroda 135 mln 200 ming so‘mli tilla piyola borligi aniqlandi. Bu haqda Toshkent-AERO xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkentdan Myunxen shahriga uchib ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yo‘l yuklari orasiga qiymati 135 mln 200 ming so‘mlik, taxminiy og‘irligi esa 104 grammni tashkil etuvchi 1 dona sariq rangli metalldan yasalgan 750 probali 1 dona piyolani yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtida bojxona Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara bojxona posti xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.
Bildirilishicha, holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul shahri aeroportida o‘tkazilgan operatsiya chog‘ida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan uch nafar ayolning tanasida, xususan ularning jinsiy a’zolariga yashirilgan 6 kilogramm 28 gramm oltin aniqlanib, musodara qilingandi.
LiveBarchasi