Toshqinlar Pokiston iqtisodiyotiga qancha zarar keltirgani hisoblandi

Olam

image

Uzoq davom etgan yog‘ingarchilik sabab kuzatilgan toshqinlar sabab Pokiston iqtisodiyoti ko‘rgan zarar 10-12,5 mlrd dollarni tashkil etishi mumkin.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari mamlakatning 118 viloyati aholisining 37 foizi tabiiy ofat ta’sirida qashshoqlik chegarasidan pastga tushib qolganini ta’kidlamoqda.

Qayd etilishicha, Pokiston hukumati joriy moliyaviy yilda 5 foizlik iqtisodiy o‘sishni maqsad qilgan holda, bu ko‘rsatkichni 2 foizga tushiradi.

Qishloq xo‘jaligida o‘sish sur’atlari 1,8 foizga, xizmat ko‘rsatish sohasida esa 2 foizgacha qisqartirilishi nazarda tutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Pokistonda iyun oyi o‘rtalaridan beri davom etayotgan musson yomg‘irlari va suv toshqinlari natijasida 1,3 mingga yaqin odam halok bo‘ldi, 2 mingdan ortiq kishi jarohat oldi. Mamlakatning katta qismi, xususan, Balujiston, Xayber-Paxtunxva va Sind viloyatlari suv ostida qolmoqda. Kamida 1,46 million uy qisman yoki to‘liq shikastlangan, 736 ming boshdan ortiq chorva mollari nobud bo‘lgan.

Joriy yilning 1 sentyabr kuni O‘zbekiston tomoni Pokistonga insonparvarlik yordami yubordi.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston

Baholaganlar

188

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing