Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

Jamiyat

image

Bugun, 13 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning RFga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik muhokama qilindi.

Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya va madaniy-gumanitar jabhalardagi O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Vazirlar dunyoda koronavirus atrofida kuzatilayotgan vaziyatni ham muhokama qilib, savdo-iqtisodiy aloqalarga pandemiyaning salbiy ta’sirini qisqartirish uchun yaqin hamkorlikni davom ettirishning zarurligini qayd etdilar.

Turli darajalardagi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning jadvali, kun tartibi va ularga tayyorgarlik ko‘rishning tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi. Tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekistonning MDHga raisligi doirasida ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdilar.

Vazirlar O‘zbekiston va Rossiya Hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning birinchi yig‘ilishi, shuningdek, ikki davlatning Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 20-yig‘ilishida qabul qilingan qarorlarning ijrosi muhokama etildi.

Bundan tashqari, Afg‘onistondagi vaziyatni hisobga olgan holda Markaziy Osiyodagi xvafsizlikni ta’minlash uchun hamkorlikni kuchaytirish va YeXHTdagi inqiroz yuzasidan fikr almashildi.

Telefon orqali muloqot chog‘ida xalqaro va mintaqaviy siyosatning alohida mavzulari ham ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning RFga tashrifi joriy yilning fevral oyida amalga oshishi kerak edi. Biroq tashrif amalga oshmay qolgandi va iyun oyiga ko‘chirilgandi. Prezident tashrifi iyunda ham amalga oshmadi. Aftidan, bunga koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat sabab bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev so‘nggi bor Rossiyaga 24 iyunda o‘tkazilgan G‘alaba paradida ishtirok etish uchun borgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Abdulaziz Komilov O'zbekiston-Rossiya

Baholaganlar

1582

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing