Tomskdagi yong‘inda tirik qolgan o‘zbekistonliklar qayerda?
Olam
−
24 yanvar 2020
7938Joriy yilning 21 yanvar kuni Rossiyaning Tomsk viloyati Asinov tumanida yuz bergan yong‘in natijasida 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Yong‘inda ikki nafar o‘zbekistonlik omon qolgan.
Asinov tumani rahbari Nikolay Danilchukning ma’lum qilishicha, omon qolgan ikki o‘zbekistonlikka birinchi darajali ehtiyojlari uchun 50 ming rubl beriladi.
Ayni vaqtda ularga yotoqxonadan joy berilib, barcha zarur buyumlar yetkazilgan. Barcha zarur hujjatlar tiklanishi va tegishli DNK-testi o‘tkazilganidan keyin, ular O‘zbekistonga yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, 21 yanvar kuni bir qavatli yog‘ochdan qurilgan va umuman yashash uchun mo‘ljallanmagan binoda yong‘in yuz berishi oqibatida, unda yashayotgan 14 kishining 12 nafari halok bo‘ldi. Ularning faqat bir nafar Rossiya fuqarosi, qolgani o‘zbekistonlik.
LiveBarchasi