Shavkat Mirziyoyev ko‘rsatmasiga asosan Tomskdagi fojia bo‘yicha komissiya tuzildi
Jamiyat
−
21 yanvar 2020
6169O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ko‘rsatmasiga asosan yong‘in sabablarini o‘rganish, jabrlanganlar va halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi. Unga qator vazifalar yuklatildi.Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shunga muvofiq, halok bo‘lgan fuqarolar va jabrlanganlarning yaqinlariga zarur tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi. Jabrlanganlar va halok bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadini Vatanga olib kelish bo‘yicha tashkiliy choralarni ko‘riladi.
Bundan tashqari, Rossiya mutaxassislari bilan hamkorlikda yong‘inni kelib chiqish sabablarini o‘rganiladi. Mahalliy hokimiyat va o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda vafot etgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish va ularning oila a’zolariga dafn marosimlarini o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatiladi.
Eslatib o‘tamiz: 21 yanvar kuni Tomsk oblasti, Asino rayoni, Prichulmsk aholi yashash punkti, Svoboda ko‘chasidagi bir qavatli yog‘ochdan qurilgan 1/3-uyda yong‘in sodir bo‘lgan. Unda 10 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani aytildi.
O‘zbekiston TIV tomonidan halok bo‘lganlarning shaxsi ma’lum qilindi.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi