Tom Xolland yana “o‘rgimchak odam” bo‘lmoqchi
Madaniyat-san’at
−
02 dekabr 2023
4540Piter Parker roli bilan tanilgan aktyor Tom Xolland “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” filmidan beri kino olamida ko‘rinish bermayotgandi. Nihoyat 2 yillik tanaffusdan so‘ng “o‘rgimchak odam” navbatdagi kinokartinada suratga tushish shartlarini ma’lum qildi. Bu haqda “Collider” nashri ma’lum qildi.
Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, agar uning roli bunga arzisa, u filmning navbatdagi qismida ham suratga tushadi.
“Aytishim mumkinki, biz qahramonimning to‘rtinchi ijrosi qanday bo‘lishi mumkinligi haqida ko‘p suhbatlashdik. Men “O‘rgimchak odam” davomida o‘zimni himoyalangan his qilaman. Men har safar yanada omadliroq, yanada yaxshiroq franchayzing ustida birga ishlay olganimizdan mamnunman", deydi u.
“O‘rgimchak odam” franshizasining to‘rtinchi qismini suratga olish ishlari hali beri boshlanmaydi. Shunga qaramay, Xolland rolga alohida e’tibor qaratmoqda.
“Agar biz buni hal qila olsak, men bu kostyumni yana kiymaslik uchun ahmoq bo‘lishim kerak. Men barcha erishganlarim uchun “O‘rgimchak odam”dan qarzdorman”, deydi aktyor qahramonini qanchalik yaxshi ko‘rishini bildirib.
Ma’lumot uchun, filmning ilk qismi “Ajoyib o‘rgimchak odam” nomi bilan 2012 yilda ekran yuzini ko‘rgan. Shundan so‘ng 2017 yilda uning ikkinchi qismi – “O‘rgimchak odam: Uyga qaytish” taqdim etildi. Uchinchi mashhur “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” filmining premerasi esa 2021 yilda bo‘lib o‘tgan. Mana oradan ikki yil o‘tdi hamki, navbatdagi qismi suratga olingani yo‘q.
Aktyor ushbu filmlarning ikkitasida sevimli qahramoni “o‘rgimchak odam”ni o‘ynagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Karib dengizi qaroqchilari” filmining muallifi Kreyg Mazin o‘zining butun dunyoga mashhur bo‘lgan ushbu Disney franshizasining navbatdagi qismini suratga olayotganini ma’lum qilgandi.