Tolstoy O‘zbekistonda migrantlarning puliga ruscha maktablar qurishga chaqirdi

Olam

image

Rossiya Davlat Dumasi vitse-spikeri Pyotr Tolstoy sobiq Sovet ittifoqiga kirgan davlatlarda, xususan, O‘zbekistonda Rossiyada ishlayotgan migrantlar hisobidan rus tilida o‘qitiladigan maktablar qurishni taklif qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozdi.

“Rus tili barcha sobiq ittifoq respublikalari hududida millatlararo muloqot tili bo‘lishi kerak. Afsuski, bugungi kunda Rossiya muhojirlarga nisbatan passiv pozitsiyada”, deydi Tolstoy.

U sobiq SSSR tarkibiga kirgan davlatlarda rus maktablari tizimini rivojlantirish muhim ekanini, chunki bugungi kunda rus tili millatlararo muloqot tili sifatida faqat Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda qo‘llanilishini aytgan. 

“Ammo Armaniston, O‘zbekiston, Tojikiston va boshqa davlatlarda bunday emas. U yerda rus tilidagi maktablarni qurish, 90-yillarda "o‘ldirilgan" sovet integratsiya tizimini rivojlantirishda bizning hisobimizdan emas, yuqoridagi davlatlar hisobidan mustaqil ravishda, ularning fuqarolari Rossiyada ishlash vaqtida o‘z vatanlariga yuboradigan daromadlar hisobiga amalga oshirilishini taklif qilaman”, degan Duma vakili.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamentining rahbari Qahramon Quronboyev Moskvaga borib, Rossiya Davlat Dumasi vitse-spikeri Vladislav Davankov bilan uchrashuvda Rossiya hukumatidan o‘zbek diasporasi hisobidan mamlakatda mehnat muhojirlarining farzandlari uchun xususiy bog‘cha va maktablar ochishda yordam so‘ragandi. Shundan so‘ng, Rossiyalik deputat Mixail Delyagin mazkur tashabbus mamlakat qonunlariga mos kelmasligini aytib, O‘zbekiston Rossiyadan fuqarolarini olib ketishi kerakligini iddao qilgandi. Bunga javoban deputatning O‘zbekistondagi mavqedoshlari, jumladan, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov Rossiyada o‘zbeklar va o‘zbek tiliga munosabat “Delyagincha” bo‘lsa, O‘zbekistonda ham rus tiliga munosabat butkul o‘zgarishi kerakligini aytgan,  “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis deputati Bobur Bekmurodov esa o‘zbekistonliklar halol mehnatlari evaziga o‘z oilalarini moddiy ta’minlayotganini, Rossiya ularni tekinga boqmayotganini eslatgan edi


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya maktab O'zbekiston Pyotr Tolstoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing