“Tolibon“ yana O‘zbekistondagi elchisini o‘zgartiryapti

Olam

image

“Tolibon” muvaqqat hukumati Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchixonasiga Abdul G‘affor Bahrni yangi elchi etib tayinladi. Bu haqda muvaqqat hukumatdagi tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi o‘rinbosari Hofiz Ziyo Ahmad X’dagi sahifasida ma’lum qildi. 

U yangi diplomatning suratini e’lon qilib, Abdul G‘affor Bahrni Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchixonasiga mas’ul etib tanishtirdi. Biroq Abdul G‘affor Bahrning tarixi va faoliyatiga oid tafsilotlar vazirlik tomonidan e’lon qilinmagan.

Keltirilishicha, muvaqqat hukumatning tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttaqiy va O‘zbekistonning Qobuldagi elchisi Yodgorxo‘ja Shodmanov bilan xayrlashuv uchrashuvida Abdul G‘affor Bahr ham ishtirok etgan. 

O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov “Tolibon” muvaqqat hukumati bosh vazirining ma’muriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul Salom Hanafiy bilan uchrashuvda Afg‘onistondagi 12 yillik missiyasi yakunlanganini rasman ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston Afg‘oniston elchixonasini “Tolibon” diplomatlariga topshirgan edi. O‘shanda “Tolibon” tomonidan Afg‘onistonning Toshkentdagi elchixonasiga elchi etib tayinlangan Mug‘furulloh Shahob oldingi hukumat davrida elchilikka tayinlangan Ahmad Xolid Ilmiyning o‘rnini egallagan. Biroq aprel oyida Mug‘furulloh Shahob o‘rniga Abdul G‘affor Bahr elchi etib tayinlandi. Avgust oyida esa “Tolibon” muvaqqat hukumatidagi tashqi ishlar vazirligining uchinchi siyosiy departamenti direktori Zokir Jaloliy Afg‘onistonning O‘zbekistondagi rasmiy elchisi sifatida Abdulg‘ofar Tiraviy tanishtirilganini aytdi.   

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston muvaqqat hukumati O‘zbekiston Birlashgan Arab Amirliklari va Qozog‘istondan keyin “Tolibon”ning elchisini rasman tan olgan uchinchi davlat bo‘lganini ma’lum qildi. O‘zbekiston Bosh vaziri matbuot kotibi Behzod Hidoyatov buni tasdiqlagandi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidagi manbasiga ko‘ra, elchining rasman tan olinishi borasida yakuniy qaror hali qabul qilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Abdul G'ofar Bahr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing