“Tolibon” O‘zbekiston va Tojikistonni afg‘on samolyotlarini qaytarishga chaqirdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritgan “Tolibon” harakati Tojikiston va O‘zbekiston rasmiylarini Markaziy Osiyoning ushbu Respublikalariga olib o‘tilgan samolyotlarni qaytarishga chaqiradi. Bu haqda mahalliy “TOLOnews” telekanali xabar bergan.  

“Tojikiston yoki O‘zbekistonga olib o‘tilgan samolyotlarimiz qaytarilishi kerak. Samolyotlarimiz xorijda qolishiga yoki bu davlatlar foydalanishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Kelajakdagi havo kuchlarimiz hech qanday davlatga bog‘liq bo‘lmaydi”, degan toliblar tomonidan tayinlangan Mudofaa vaziri Muhammad Yoqub. 

Shu bilan birga, “Tolibon” vakili yana bir bor avvalgi tuzum davrida Qurolli kuchlar tarkibida bo‘lgan harbiylarni “Tolibon” tomonidan tuzilgan yangi armiya safiga qo‘shilishga chaqirgan. 

“Keling, hukumatimizni qo‘llab-quvvatlang va unga qarshilik ko‘rsatishni bas qiling”, deya xulosa qilgan Yoqub. 

Ta’kidlanishicha, Afg‘oniston Islom Respublikasi rejimi ag‘darilishidan oldin mamlakatda 164 ta jangovar samolyot bo‘lgan bo‘lsa, hozirda ular atigi 81 ta. Ularning aksariyati mintaqaning boshqa davlatlariga eksport qilingan. 

Ma’lumot o‘rnida, AQSH 2021 yil bahorida o‘z Qurolli kuchlarini mamlakatdan olib chiqib ketishini e’lon qilganidan keyin “Tolibon” harakati Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatish uchun keng ko‘lamli operatsiya boshladi. 15 avgust kuni “Tolibon” jangsiz Qobulga kirdi, Prezident Ashraf G‘ani esa Respublikani tark etdi. 6 sentyabrda toliblar butun Afg‘oniston hududi ustidan nazorat o‘rnatilgani haqida e’lon qilgan bo‘lsa, 7 sentyabrda esa qonuniyligi hali hech bir davlat tomonidan tan olinmagan muvaqqat hukumat tarkibini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston O'zbekiston Tolibon

Baholaganlar

817

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing