“Tolibon” O‘zbekiston AQSHga bergan vertolyotlarni qaytarishni talab qildi

Olam

image

Avvalroq, rasmiy Toshkent afg‘on harbiy uchuvchilari 2021 yilda “Tolibon” harakatidan qochish uchun O‘zbekistonga uchib kelgan yettita Black Hawk vertolyotini AQSHga topshirgani haqida xabar berilgandi. “Tolibon” ushbu vertolyotlarni Afg‘onistonga qaytarishni talab qildi. Bu haqda muvaqqat hukumatning mudofaa vazirligi bayonot berdi.

“Tolibon” bu masalada xavotirdaligini bildirgan va vertolyotlarning Afg‘onistonga tegishli ekanini da’vo qilgan.

“Islom amirligi bu masaladan xavotirda, chunki bu vertolyotlar Afg‘onistonga tegishli bo‘lib, avvalgi ma’muriyat amaldorlari qochib ketganidan keyin O‘zbekistonga ko‘chirilgan, shuning uchun ularni Afg‘onistonga qaytarish kerak”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Shuningdek, harakat qo‘shni davlatlar qatori afg‘onlarning ham huquqlari hurmat qilinishi kerakligini ta’kidlagan.

“Bu vertolyotlarning har qanday sababga ko‘ra AQSHga o‘tkazilishi biz uchun qabul qilinishi mumkin emas, chunki Afg‘oniston xalqi o‘z huquqlarini himoya qilish va so‘roq qilish huquqiga ega, qo‘shni davlatlar qatori afg‘onlarning ham huquqlari hurmat qilinishi kerak”, deyilgan xabarda.

Vazirlik harbiy vertolyotlarni qaytarib berishni talab qilmoqda.

AQSH va O‘zbekiston Afg‘onistondan o‘tgan aviatexnikalar bo‘yicha kelishuvga erishdi. “Tolibon” esa bundan norozi north_east

AQSH va O‘zbekiston Afg‘onistondan o‘tgan aviatexnikalar bo‘yicha kelishuvga erishdi. “Tolibon” esa bundan norozi

“Biz AQSHdan ushbu vertolyotlarni Afg‘onistonga qaytarishda to‘siqlarni kuchaytirmaslikni, aksincha ularni afg‘onlarga qaytarishni talab qilamiz”, deyilgan bayonotda.

Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS)ning sun’iy yo‘ldosh suratlariga tayanib ma’lum qilishicha, 2021 yilda “Tolibon” hujumi chog‘ida O‘zbekiston chegarasida 45 dan ortiq Afg‘oniston samolyoti kuzatilgan.

Ma’lumot uchun, 2001 yil 11 sentyabr xurujlaridan ko‘p o‘tmay “Tolibon” hukumatini ag‘darganidan beri Qo‘shma Shtatlar yigirma yil davomida afg‘on armiyasiga milliardlab dollar sarmoya kiritdi. 2021 yilda “Tolibon” Afg‘oniston ustidan nazoratni qaytarib olgach, Amerika qurol-yarog‘i va harbiy texnikasining katta qismi “Tolibon” qo‘liga o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tolibon vertolyot harbiy uchuvchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing