“Tolibon” rasmiy Moskvaning ISHID bo‘yicha bayonotini rad etdi

Olam

image

“Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng Afg‘onistonda ISHID jangarilari soni ortgani haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq. Bu haqda “Tolibon” hukumati Matbuot kotibi Zabiulla Mujohid ma’lum qildi.

“Islom amirligi va afg‘on xalqi ISHIDning Afg‘onistonda uy qurishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu yerda ISHID mag‘lub bo‘ldi va uni yo‘q bo‘lish jarayonida”, degan Mujohid.

Avvalroq Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov bir yil ichida Afg‘onistondagi ISHID jangarilari soni uch barobarga oshganini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, “Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga 2021-yil avgust oyida kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

485

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing