“Tolibon” Ramazonda oziq-ovqat narxini keskin pasaytirishni buyurdi

Olam

image

Ramazon oyi munosabati bilan “Tolibon” muvaqqat hukumati Afg‘onistonda ayrim turdagi oziq-ovqat narxlarini pasaytirishni buyurdi. Bu haqda “Sputnik Afganistan” nashri xabar berdi.

“Tolibon” Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 6 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxi 18 dan 80 foizgacha arzonlashgan.

Quyida mahsulotlarning eski va yangi narxlari “partiya” hisobida ko‘rsatilgan:

1. Kartoshka – 73 926 afg‘oni (850 dollar) / 14 985 afg‘oni (172 dollar), 79,73 foizga pasaygan;

2. Pomidor – 45 360 afg‘oni (521 dollar) / 16 200 afg‘oni (186 dollar), 64,29 foizga pasaygan;

3. Bamiya – 235 170 afg‘oni (2,7 ming dollar) / 90 450 afg‘oni (1 ming dollar), 61,54 foizga pasaygan;

4. Olma – 291 870 afg‘oni (3,3 ming dollar) / 244 917 afg‘oni (2,8 ming dollar), 16,9% foizga pasaygan;

5. Quritilgan xurmo – 298 080 afg‘oni (3,4 ming dollar) / 186 300 afg‘oni  (2,1 ming dollar), 37,5 foizga pasaygan;

6. Tarvuz – 379 890 afg‘oni (4,3 ming dollar) / 217 080 afg‘oni (2,5 ming dollar), 42,86 foizga pasaygan.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Ramazon narx oziq-ovqat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing