“Tolibon” “kattalari” Toshkentga keldi
Jamiyat
−
22 fevral
7728Bugun, 22 fevral kuni Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mulla Abdulg‘ani Barodar Oxund boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keldi. Bu haqda “Radio television of Afghanistan” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent xalqaro aeroportida “Tolibon” muvaqqat hukumati delegatsiyasini O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev va O‘zbekistondagi “Tolibon” elchisi Shayx Abdug‘affor Bahr kutib olgan.
Delegatsiya tarkibida “Tolibon”ning bojxona, transport, aviatsiya, qishloq xo‘jaligiga mas’ul vakillari bor. Abdul G‘ani Barodar O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev bilan muzokaralarni boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tolibonning” ikki kunlik tashrifidan Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, savdo va tranzit aloqalarni kengaytirish, shuningdek, Afg‘onistonga o‘zbek investitsiyasini jalb qilish ko‘zda tutilgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi