Prezident Antaliyada Saudiya Arabistoni delegatsiyasini qabul qildi

Jamiyat

−

image

Antaliya şahrida bölib ötayotgan BMTning Iqlim özgarişi böyiça konferensiyasining 31-sessiyasi doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podşohligining energetika vaziri hamda sanoat va mineral resurslar vaziri şahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.

Uçraşuv avvalida vazir davlat rahbariga Podşoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va Valiahd, Boş vazir Muhammad bin Salmon Ol Saudning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Şuningdek, Özbekiston va Saudiya Arabistoni köp qirrali hamkorligi hamda keng kölamli şerikligini yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilingan.

Muloqot çoğida sönggi yillarda aloqalar jadal rivojlanib, yirik loyihalar portfeli şakllangani, şundan asosiy qismi “yaşil“ energetika tarmoğiga töğri kelayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Şu bilan birga, uçraşuvda neft-gaz, neft-kimyo, toğ-kon sanoati va boşqa ustuvor yönalişlarda hamkorlikni yangi bosqiçga kötariş, aniq amaliy takliflarni işlab çiqişga alohida e’tibor qaratilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaga amaliy taşrif doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Gruziya Prezidenti Mixail Kavelaşvili bilan uçraşuv ötkazgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing