“Tolibon” delegatsiyasi Toshkentdagi konferensiyada ishtirok etadi

Jamiyat

image

“Tolibon” harakati delegatsiyasi 25-26 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etadi. Bu haqda kecha, 11 iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Moskvaga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.

“Biz bugun bu mamlakatda haqiqiy kuch bo‘lgan “Tolibon” harakatidan delegatsiya kelishini kutmoqdamiz”, degan Norov Moskvadagi davra suhbatida.

Uning ta’kidlashicha, “Tolibon”ning konferensiyada ishtirok etishi “ularni tan olishni anglatmaydi”.

“Biz ushbu konferensiya orqali hozirgi hokimiyatga yetkazmoqchimizki... Bu ularning Toshkent yig‘ilishida qabul qilgan xalqaro majburiyatlari va u yerda imzolangan kelishuvlarni bajarishini ta’minlashga qaratilgan”, deydi Norov.

Norov Rossiya, O‘zbekiston va qo‘shni davlatlarning pozitsiyasi mos ekanini, “Tolibon” harakati zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarishi, mamlakatdagi barcha siyosiy, etnik va diniy guruhlar vakillarini o‘z ichiga olgan inklyuziv hukumat tuzishi kerakligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, 25-26 iyul kunlari Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi va unda 20 dan ortiq davlat delegatsiyalari ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

155

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing