“Tolibon” ayollarga yana bir taqiq qo‘ydi 

Olam

image
“Tolibon” ayollarga qay holatda o‘qish va ishlash imkoniyatini berishi ma’lum bo‘ldi  north_east

“Tolibon” ayollarga qay holatda o‘qish va ishlash imkoniyatini berishi ma’lum bo‘ldi 

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati ayollarning Hirot viloyatidagi sanoat zonasiga kirishini taqiqladi. Bu haqda mahalliy “Pajhwok” agentligi xabar berdi.  

Hirot viloyatidagi sanoat zonasi 2000-yillarning boshlarida tashkil etilgan. Bu Afg‘onistonning asosiy ishlab chiqarish markazlaridan biri hisoblanadi, uning hududida 300 ga yaqin turli korxonalar joylashgan. Bu yerda xamir, sharbat, muzqaymoq, pechene, tort va alkogolsiz ichimliklar kabi turli xil mahsulotlar ishlab chiqariladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy assotsiatsiyaning o‘nlab faollari va sobiq hukumat amaldorlari xuddi shu nomdagi viloyat markazi Hirot shahrida ommaviy namoyish o‘tkazgandi. Uning ishtirokchilari afg‘onlarning oldingi hukumat davrida erishgan ijtimoiy yutuqlarini saqlab qolishni talab qilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” vakili Zabihulla Mujohid Afg‘onistonning yangi hukumatida ayol vazirlar bo‘lmasligini aytgan edi. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning may oyida AQSH boshliq xalqaro koalitsiya kuchlari Afg‘onistonni tark etishni boshlashi bilan "Tolibon" harakati hukumat nazoratidagi hududlarni egallab ola boshladi. Avgust oyiga kelib, toliblar yirik shaharlarga yurish boshladi.

Oradan ko‘p o‘tmay, joriy yilning 15 avgust kuni Qobulning “Tolibon” qo‘liga o‘tishi bilan Afg‘onistonda harakat hokimiyati o‘rnatildi. Prezident Ashraf G‘ani esa iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. Hokimiyatni "Tolibon"ga o‘tishini ta’minlash uchun Muvofiqlashtirish kengashi tuzilib, unga Abdulla Abdulla va Hamid Karzay kiritilgandi.

Joriy yilning 19 avgust kuni esa harakat rasmiy bayonot bilan chiqib, mamlakatda Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. "Tolibon" vakili Vohidulla Hoshimiy harakat Afg‘onistonda demokratik davlat qurmasligini ma’lum qildi.

Qayd etish kerakki, hozirda faqatgina Panjsher viloyati toliblar hokimiyatini tan olmayapti. Viloyatda "Tolibon"ga qarshi kuchlar yig‘ilmoqda. Ularga esa mashhur "dala qo‘mondoni" Ahmad Shoh Mas’udning o‘g‘li Ahmad Mas’ud boshchilik qilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

474

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing