“Tolibon” AQSHga birinchi mahsulotini sotdi. Aloqalar tiklanyaptimi?

Olam

image

Afg‘onistondan AQSH bozoriga jo‘natilgan birinchi mahsulot – umumiy og‘irligi 45 tonna bo‘lgan ikki konteyner anor sharbati bo‘ldi. Bu haqda EastFruit mutaxassislari TOLOnews’ga tayanib xabar berdi. Konteynerlar Karachi porti orqali Kaliforniyaga jo‘natilgan.

“Tolibon” Sanoat va savdo vazirligi matbuot kotibi Oxundzoda Abdul Salom Javadning aytishicha, ushbu mahalliy mahsulot eksport qilinishi mamlakat iqtisodiyoti uchun juda muhimdir.

“Yaqinda Hirotdan AQSHga 45 tonnalik ikki konteyner “Pamir Sola” anor sharbati jo‘natildi. Shuningdek, ushbu mahsulot Germaniya va Qozog‘istonga ham yetkazib berildi. Ayni paytda mahsulotlarimiz eksporti geografiyasini kengaytirish rejalashtirilgan”, degan vazirlik matbuot kotibi.
Ayni paytda Afg‘onistondagi kompaniyaning savdo bo‘yicha menejeri “Pamir Sola” zavodi mahsulotlari Eron va Birlashgan Arab Amirliklariga ham yetkazib berilayotganini aytdi.

“Afg‘oniston kichik davlat, ammo bugungi kunda u o‘z mahsulotlarini iqtisodiyoti yirik davlatlar, jumladan, AQSHga ham sotyapti. Bu biz uchun katta yutuq ”, degan kompaniya rahbari Allouddin Bahodir.

Ushbu mahsulot “Tolibon” Sog‘liqni saqlash vazirligi va Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumatining tasdig‘idan keyin jo‘natilgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Pamir Cola” zavodida hozirda 600 dan ortiq mahalliy aholi vakillari ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” vakillari AQSH bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Qatarga jo‘nab ketdi.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing