“Tolibon” AQSHga Afg‘onistonda diplomatik ishtirokini saqlab qolishni taklif qilgan — OAV 

Olam

image

“Tolibon” harakati AQSH qo‘shinlari olib chiqib ketilgandan keyin Afg‘onistonda diplomatik ishtirokini saqlab qolish taklifi bilan Amerikaga murojaat qilgan. Bu haqda “The Washington Post” nashri manbasi xabar bergan.  

Nashr suhbatdoshining takidlashicha, AQSH rasmiylari bu taklif borasida ikkilanmoqda. Agar kelishilsa, Amerika elchixonasi Qobulda qayta ochilishi mumkin. 

Manbaga ko‘ra, AQSH Qobul aeroportining bo‘lajak boshqaruvi haqida ham muzokara olib bormoqda. Munozaralarga mintaqaviy sheriklar, jumladan Turkiya ham jalb qilingan. 

Ta’kidlanishicha, Qo‘shma Shtatlar arosat holatiga tushib qolgan. Bir tomondan, agar Vashington o‘z diplomatlarini Afg‘onistonda qoldirsa, bu AQSHning mamlakatdagi ta’sirini saqlab qolishga va 31 avgustdan keyin AQSH ittifoqchilarini evakuatsiya qilishni davom ettirishga yordam beradi. Ikkinchi tomondan esa, Qobuldagi portlashlardan keyin amerikalik xodimlarning xavfsizligiga aniq tahdid bor. 

Ma’lumot o‘rnida, AQSHning Qobuldagi elchixonasi jangarilar poytaxtga kirishi bilan yopilgan, ko‘pchilik diplomatlar evakuatsiya qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 avgust kuni Qobul aeroporti yaqinida terakt yuz berib, unda 13 nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgandi.  

Shundan so‘ng, AQSH harbiylari Afg‘oniston sharqidagi Nangarxar viloyatiga havo hujumi uyushtirdi. Unda ISHID guruhining jangarisi yo‘q qilindi. 


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing