“Tolibon” Afg‘onistonda kuch – Putin toliblarni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish haqida

Olam

image

Rossiya “Tolibon” harakatini tan olish masalasida Markaziy Osiyodagi hamkorlarining fikrini inobatga oladi, qaror birgalikda ishlab chiqiladi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifini yakunlashdan avval Toshkentda jurnalistlarga ma’lum qildi. 

“Biz ko‘plab sheriklar, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasidagi ko‘plab hamkorlar bilan aloqadamiz, har bir hamkor va do‘stlarimizning fikrini inobatga olamiz va bu pozitsiyani birgalikda shakllantiramiz”, deydi Rossiya rahbari.  

Putin “Tolibon” harakati bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi, chunki ular Afg‘onistonni nazorat qiladi va mamlakatning amaldagi hukumati hisoblanadi. 

“Afg‘onistonda muammolar bor, ularni inkor etib bo‘lmaydi, ular hammaga yaxshi ma’lum. Hozirgi hukumat bilan munosabatlarni qanday yo‘lga qo‘yish masalasi – alohida masala. Lekin biz uni qandaydir yo‘l bilan qurishimiz kerak, ular mamlakatni, uning hududini boshqarayotgan odamlar, ular bugun Afg‘onistonda hokimiyat tepasida”, deydi Putin.

Uning qayd etishicha, Rossiya mavjud vaziyat va voqeliklardan kelib chiqib, munosabatlarni shunga yarasha qurishi kerak. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 may kuni Rossiya Tashqi ishlar va Adliya vazirliklari mamlakat Prezidentiga “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkinligi haqida ma’lumot kiritdi. Tashqi ishlar vaziri buni “Tolibon” harakati Afg‘onistonda haqiqiy kuchga ega ekanligi bilan bog‘ladi


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing