“Tolibon” Abdulla Abdulla va Hamid Karzayning qo‘riqchilari qurolsizlantirdi

Olam

image
“Tolibon” bo‘ysunmas Panjsherga kira olmadi north_east

“Tolibon” bo‘ysunmas Panjsherga kira olmadi

“Tolibon” Afg‘oniston Milliy yarashuv Oliy Kengashi raisi Abdulla Abdulla va sobiq Prezident Hamid Karzayning tan soqchilarini qurolsizlantirdi. Ushbu holat ayrim ommaviy axborot vositalari tomonidan Abdulla Abdullaga nisbatan haqorat sifatida baholanmoqda

Qayd etilishicha, “Tolibon” Abdulla Abdullaning barcha tan soqchilarini qurolsizlantirib, uning hayoti xavf ostida emasligiga va Qobulning Parvon sud tumanidagi uyi yaqinida harakat jangarilari uni himoya qilishiga ishontirgan.

Ma’lum qilinishicha, “Tolibon” Qobulni egallashning ikkinchi kunida sobiq Prezident Hamid Karzayning tan soqchilarini qurolsizlantirib, uni oilasi bilan Abdulla Abdullaning uyiga olib ketgan va ular hamon o‘sha yerda qolmoqda. 

“Hozirgacha  Abdulla Abdullaning uyiga hech kim kelmadi. Biroq, o‘tgan kuni kelib, uning barcha tan soqchilarini qurolsizlantirishdi va faqat bir-ikkita soqchini qoldirishdi. Uning uyi atrofidagi xavfsizlik nazorat punktlaridagi qo‘riqchilar ham olib tashlandi", deyiladi xabarda.

“Tolibon”ning rasmiy manbalari hozircha bu masala yuzasidan ma’lumot bermagan. 

“Tolibon” Qobulni qo‘lga olgach, Abdulla Abdulla, Hamid Karzay va Gulbeddin Hikmatiyor hokimiyatni tinch yo‘l bilan o‘tkazish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash tuzishni ma’lum qilgan va “Tolibon” rahbarlari bilan har tomonlama (inklyuziv) hukumat tuzish borasida muzokara olib borgan.

Hozirgacha Abdulla va “Tolibon” yetakchilari o‘rtasidagi bir necha uchrashuvlar o‘tkazilganiga qaramay, muzokaralar kutilgan natijalar bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon qurolsizlantirish

Baholaganlar

465

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing