“Tolibon” Ahmad Shoh Mas’udning maqbarasini qayta tikladi

Olam

image

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati jangarilari Panjsher viloyatida toliblarga qarshilik ko‘rsatgan Ahmad Mas’udning otasi Ahmad Shoh Mas’udning maqbarasini qayta tikladi. Bu haqda “Herat Times” xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, toliblar isyonkor viloyatning ma’muriy markazi Bozorak shahridan 8 kilometr uzoqlikda joylashgan tepalikdagi binoning shisha va granit tuzilmalarini tartibga solgan. Bundan tashqari, ular jinoyatchilarni topgan va jazolagan, shuningdek Afg‘oniston milliy qahramoni sharafiga bino atrofida xavfsizlik choralarini kuchaytirgan. 

Avvalroq, “Tolibon” va Afg‘oniston milliy qarshilik fronti o‘rtasidagi jang paytida mamlakatning sobiq Mudofaa vaziri Ahmad Shoh Mas’udning qabri shikastlangani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Ahmad Shoh Mas'ud

Baholaganlar

384

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing