“Tolibon” 200 ga yaqin folbinlarni hibsga oldi

Olam

image

Afg‘onistondagi muvaqqat hukumat – “Tolibon”ning Ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish vazirligi 200 nafarga yaqin odamni folbinlik qilishda ayblab, hibsga oldi. Bu haqda “TOLOnews” xabar berdi.

Vazirlikning rasmiy vakili Akif Mahajarning aniqlik kiritishicha, birgina Qobulda ushbu ayblov bilan 67 kishi hibsga olingan.

“Afg‘oniston viloyatlarida hibsga olingan folbinlar soni yuz kishidan oshdi, ular orasida ayollar ham bor. Ularning ishlari allaqachon shariat sudlariga o‘tkazilgan”, degan Mahajar.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yil avgustida “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelguniga qadar Qobul ko‘chalarida har xil folbinlarni osongina topish mumkin edi. Hozirgi kunda folbinlik va sehr-jodu bilan shug‘ullanuvchilarni og‘zaki mish-mishlar yoki ijtimoiy tarmoqlardagi reklama orqali topish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon jodugarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing