“Tolibon” 10 ming kishilik qo‘shinni O‘zbekiston va Tojikiston chegarasiga joylashtirmoqda

Olam

image
0:00
0:00
download

Afg‘onistonni nazorat qiluvchi “Tolibon” harakati Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaradosh viloyatlarga zamonaviy qurol-yarog‘ va texnikalar bilan qurollangan 10 ming jangarisini jo‘natmoqda. Bu haqda bugun, 14 fevral kuni “Tolibon” Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Qori Fasihuddin Fitrat ma’lum qildi, deb xabar tarqatgan "Interfaks".

“Mamlakatning shimoliy va shimoli-sharqiy viloyatlarida joylashtirilgan NATO va AQSH tizimining eng zamonaviy texnologiyalari bilan qurollangan 10 ming kishilik qudratli armiya har qanday qurolli harakatga qarshi chora ko‘radi”, degan Fitrat Twitter’da.

Uning ta’kidlashicha, qisqa vaqt ichida harbiy samolyotlar ham ushbu qudratli qo‘shinni qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘ladi.

Afg‘onistonning shimolidagi Balx viloyati O‘zbekiston, shimoli-sharqiy viloyatlari Qunduz, Taxar va Badaxshon, Tojikiston bilan chegaradosh.

Avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov "Tolibon"ning Afg‘onistondagi hokimiyatini tan olish haqida fikr bildirib, harakat xalqaro hamjamiyatga bergan va’dasi ustidan chiqishi kerakligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

5255

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing