Tokio Rossiya va Xitoyning Osiyodagi harbiy hamkorligidan xavotirda – Yaponiya TIV rahbari

Olam

image

Yaponiya hukumati Rossiya va Xitoyning Osiyodagi harbiy hamkorligidan xavotirda, shuningdek, Tokio Yevropa xavfsizligi Hind-Tinch okeani mintaqasidagi jarayonlar bilan chambarchas bog‘liq deb hisoblaydi. Bu haqda Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayashi Hind-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari diplomatiya rahbarlarining Stokgolmda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi dunyo tartibi asoslariga zarba bo‘lgan. Bu esa butun xalqaro hamjamiyatning birgalikdagi javobini talab qilmoqda. 

“Aks holda xuddi shunday chaqiriqlar sayyoramizning boshqa hududlarida ham yuz beradi, bu esa bugungi tinchlik va farovonlik asoslarini tashkil etuvchi tizimni yo‘q qiladi”, deya ogohlantirdi Yaponiya TIV rahbari.

Shu bilan birga, u Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlaridagi status-kvoni bir tomonlama o‘zgartirishga urinayotgan Pekin harakatlariga e’tibor qaratib, XXR Tayvan hududida harbiy amaliyotlarni kuchaytirayotganini eslatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Xitoy Yaponiya Tayvan'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing