Tokio-2020: o‘zbekistonlik ikki dzyudochi bronza medali uchun kurashadi

Sport

image

Bugun, 29 avgust kuni Tokio Paralimpiadasining dzyudo baxslarida +100 kg vaznda o‘zbekistonlik Shirin Sharipov va 100 kilogramgacha bo‘lgan toifada Sharif Halilov bronza medal uchun tatamiga chiqadi.

Shirin Sharipov yarim finalda gruziyalik Revaz Chikoidzega qarshi “oltin ochkolar”ga qadar davom etgan bahsda hakamlar tomonidan 3 marta ogohlantirildi va shuning evaziga mag‘lub bo‘lgandi. Endi u bronza medali uchun ozarbayjonlik Ilhom Zakiyevga qarshi tatamiga chiqadi.

Ikkinchi o‘zbek dzyudochisi Sharif Halilov 100 kg vazn toifasida bronza medali uchun o‘tish bahsida yaponiyalik Yoshikazu Matsumotoni ippon bahosi evaziga mag‘lub etib, 3-o‘rin uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Halilov bronza medali uchun braziliyalik Tenerio da Silvaga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, umumjamoa reytingida 12-o‘rinda borayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 11 taga yetgan: 4 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza.


Maqola muallifi

Teglar

Dzyudo Bronza medal' Sharif Halilov Shirin Sharipov

Baholaganlar

22

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing