Tokio-2020: taekvondochi Nikita Rafalovich yarim finalda!
Sport
−
26 iyul 2021
2947O‘zbekistonlik taekvondo ustasi Nikita Rafalovich (-80 kg) Ozarbayjon vakili hisoblangan dunyoning 2-raqamli taekvondochisi Milad Beigi bilan Tokio Olimpiadasining chorak finalida bahs olib bordi va 12:1 hisobida g‘alaba qozonib yarim finalga yo‘l oldi.
Nikita Rafalovich bu raqib bilan 2019 yil Usi shahrida o‘tgan “Katta dubulg‘a” musobaqasining bronza medali uchun o‘tgan bahsda 3:1 hisobida g‘olib bo‘lgan. O‘sha yilning o‘zida Moskvada tashkil etilgan Final Gran Pri musobaqasining yarim finalida ozarbayjonlik taekvondochi 9:5 hisobida g‘olib bo‘lgandi.
Dastlabki bosqichda, Dominikan Respublikasi vakili Moyzes Ernandes bilan jang o‘tkazkazgan Raqalovich 17:7 hisobida g‘alaba qozongan edi.
LiveBarchasi