Bugun o‘zbekistonlik bokschilar yana 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritishi mumkin
Sport
−
09 avgust
24598Tobora o‘z poyoniga yetib borayotgan Parij Olimpiadasining navbatdagi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi 5 ta sport turida medallar uchun kurash olib boradi.
O‘zbekistonlik sprortchilarning kun dasturidagi ishtirokini suvga sakrash bahslarida Igor Myalin boshlab beradi.
Taekvondo bahslarida Jasur Jaysunov va Ozoda Sobirjonova medallar uchun kurash olib boradi.
Erkin kurashda Javrail Shapiyev bronza medal uchun o‘tish bosqichida qatnashadi, G‘ulomjon Abdullayev esa birdaniga bronza medal uchun gilamga chiqadi. Kun dasturida erkin kurashchilardan Razambek Jamalov bahslarga kirishadi.
Bokschilardan Lazizbek Mullojonov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev final janglarida ishtirok etadi.
Shuningdek, badiiy gimnastika bahslarida o‘zbekistonlik qizlar jamoaviy dasturda chiqish qiladi.