Ulug‘bek Rashidov Olimpiada medalini naqd qildi

Sport

image

Taekvondo bahslarida -68 kg vaznda yarim finalga chiqqan Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashidov finaloldi jangda dayanga chiqib, g‘alaba qozondi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Rashidov yarim finalda ispaniyalik Xaver Peres bilan kuch sinashib, 1-raundda 7:3, 2-raundda esa 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi Rashidov 9 avgustga o‘tar kechasi finalda britaniyalik Bredli Sinden va iordaniyalik Zayid Karim to‘qnashuvi g‘olibi bilan bahs olib boradi. G‘alaba Rashidovni ketma-ket ikkinchi marta Olimpiada g‘olibiga aylantiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada Taekvondo Ulug'bek Rashidov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing