O‘zbekiston taekvondo jamoasi JCHda sovrindor bo‘ldi

Sport

image

Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyning Usi shahrida tashkil etilgan Jahon kubogidagi ishtirok etib, bronza medallarni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Yarim finalda mezbonlarga imkoniyatni boy bergan o‘zbekistonlik sportchilar bronza medali uchun kechgan bellashuvda ushbu sport vatani hisoblangan Koreya Respublikasi bilan bahs olib borib, 2:0 hisobida ustun keldi.

Bellashuvlarda Jasur Jaysunov (-80 kg), Shuhrat Salayev (+80 kg), Feruza Sodiqova (-67 kg) va Gulsanam Alijonova (+67 kg) O‘zbekiston sharafini himoya qildi. 

Qayd etish joiz, o‘zbekistonlik taekvondochilar bungacha jamoaviy dasturda Osiyo o‘yinlarida bronza, Parij Olimpiadasida esa ko‘rgazmali chiqishda kumush medalga sazovor bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon kubogi Taekvondo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing