Tokio-2020: Sharif Halilov bronza medalni qo‘lga kiritdi
Sport
−
29 avgust 2021
4556Bugun, 29 avgust kuni para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -100 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Sharif Halilov Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining bronza medali uchun braziliyalik Tenerio da Silvaga qarshi tatamiga chiqib, g‘alaba qozondi.
“Oltin ochkolar”ga qadar davom etgan bahsda Halilov tajribali raqibini ippon bahosi bilan mag‘lubiyatga uchratdi va bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Sharif Halilov 2012 yil Londonda bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Paralimpiya delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 12 taga yetdi: 4 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza.
LiveBarchasi