Tokio-2020: Rio Olimpiadasi sovrindori musobaqani tark etdi
Sport
−
06 avgust 2021
4299Erkin kurash bo‘yicha Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari sovrindori Magomed Ibragimov (-97 kg) birinchi bellashuvida turkiyalik kurashchiga qarshi gilamga chiqib, imkoniyatni boy berdi.
Sulaymon Karadenizga qarshi kechgan bahsda Ibragimov hisobda oldinda borayotgan edi. Biroq Karadeniz so‘nggi ochkoni qo‘lga kiritgani evaziga bellashuvda g‘alaba qozondi. Endi turkiyalik kurashchi finalga borgan taqdirda Ibragimov bronza medali uchun kurashni davom ettiradi.
Shu tariqa sport kurashlari bo‘yicha Olimpiaya o‘yinlarida ishtirok etgan 8 nafar kurashchining hech biri hatto yarim finalga qadar yetib kela olmadi.
Ma’lumot uchun, Rio Olimpiadasida erkin kurashda ikkita, yunon-rum kurashida 1 ta bronza medal qo‘lga kiritilgan edi.