Magomed Ibragimov karerasini yakunladi
Sport
−
13 may
4844Asli rossiyalik erkin kurashchi, faoliyati davomida ko‘plab nufuzli musobaqalarda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori Magomed Ibragimov sport bilan xayrlashdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
38 yoshli Ibragimov oxirgi marta Turkiyaning Istanbul shahri mezbonlik qilayotgan Parij-2024 Olimpiadasi uchun litsenzion turnirda ishtirok etdi.
Ibragimov faoliyatidagi oxirgi bahsda xitoylik 25 yoshli Xabila Avusayimanga mag‘lubiyatga uchradi.
Kurashchi faoliyati davomida ikki karra Osiyo chempioni bo‘lgan. Shuningdek, o‘tgan yili Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida bronza medaliga ega chiqqan.