Razambek Jamalov yarim finalga yo‘l oldi

Sport

image

Parij shahrida davom etayotgan 2024 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarining erkin kurash bahslari chorak finalida o‘zbekistonlik Razambek Jamalov -74 kg vazn toifasida albaniyalik Chermen Valiyevga qarshi bahs olib bordi. Yakunda Jamalov raqibini mag‘lub qilib, yarim finalga yo‘l oldi.

Endi u final yo‘llanmasi uchun tojikistonlik Viktor Rassadin bilan kurashadi.

Shuningdek, bugun bokschilardan Lazizbek Mullojonov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev final janglarida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq erkin kurash bahslarining chorak finalida imkoniyatni boy bergan o‘zbekistonlik Javrail Shapiyev bronza medali uchun o‘tish bahsida ishtirok etib, g‘alaba qozongandi. -86 kg vaznda bahslarda qatnashayotgan Shapiyev 3-o‘rin uchun bahsda amerikalik Aaron Markelga qarshi gilamga chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

erkin kurash Razambek Jamalov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing