Ramzan Qodirovning o‘g‘li Razambek Jamalovga uy sovg‘a qildi (video)
Sport
−
24 avgust
14684Parij-2024 Olimpiadasi chempioni, erkin kurash bahslarida -74 kg vaznda O‘zbekiston delegatsiyasi safida oltin medalni qo‘lga kiritgan asli dog‘istonlik Razambek Jamalov Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘gli, respublika sport vaziri Ahmad Qodirov tomonidan uy bilan taqdirlandi. Bu haqda Qodirov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Shuningdek, 2021 yildan buyon Albaniya terma jamoasida ishtirok etayotgan erkin kurashchi Islom Dudayev ham kvartira bilan mukofotlandi. Dudayev Parij Olimpiadasida 65 kilogramm vazn toifasida bronza medal uchun jangda Vengriya sharafini himoya qilayotgan Ismoil Musukayevga qarshi bahsda g‘alaba qozondi.
Xonadonlar Rossiya Qahramoni Ahmad Hoji Qodirov nomidagi jamoat fondi tomonidan ajratilgan. Olimpiada chempioni bo‘lgani uchun Jamalov ham 10 million rubl oldi. Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li sportchilarni o‘yinlardagi g‘alabasi bilan tabrikladi.
Razambek Jamalov 2024 yilning fevralida sport fuqaroligini o‘zgartirgan. U Olimpiadada yaponiyalik Daichi Takataniga qarshi kurashib, uni mag‘lub qildi va Olimpiada chempioniga aylandi. Jamalov to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqasidagi g‘alabasi haqida so‘z ochib, o‘z g‘alabasini Rossiya, O‘zbekiston, Dog‘iston va Checheniston xalqiga bag‘ishlaganini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jamalov Dog‘istonga qaytgach, O‘zbekiston erkin kurash federatsiyasi sovg‘a qilgan ikkita Li7 avtomobillari kalitini murabbiylari Musa Saydulbatalov va Adam Saytiyevga topshirgandi.
LiveBarchasi