Olimpiada chempioni Razambek Jamalov avtomobillarini murabbiylariga sovg‘a qildi (video)

Sport

image

Parij-2024 Olimpiadasi chempioni, erkin kurash bahslarida -74 kg vaznda O‘zbekiston delegatsiyasi safida oltin medalni qo‘lga kiritgan Razambek Jamalov Dog‘istonga qaytgach, O‘zbekiston erkin kurash federatsiyasi sovg‘a qilgan ikkita Li7 avtomobillari kalitini murabbiylari Musa Saydulbatalov va Adam Saytiyevga topshirdi.

Shuningdek, sportchining o‘ziga dog‘istonlik tadbirkor tomonidan 5 million rubl pul mukofoti berilgan.

Ma’lumot uchun, Razambek Jamalov Olimpiada finalida yaponiyalik Daichi Takataniga qarshi kurashdi. Jamalov Yaponiya vakilini mag‘lub qildi va Olimpiada chempioniga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jamalov to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqasidagi g‘alabasi haqida so‘z ochib, o‘z g‘alabasini to‘rt mamlakat Rossiya, O‘zbekiston, Dog‘iston va Checheniston xalqiga bag‘ishlaganini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Razambek Jamalov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing