Oltinim Rossiya, O‘zbekiston, Dog‘iston va Chechenistonim uchun – Razambek Jamalov
Sport
−
12 avgust
23957Parij-2024 Olimpiadasi chempioni, erkin kurash bahslarida -74 kg vaznda oltin medalni qo‘lga kiritgan Razambek Jamalov to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqasidagi g‘alabasi haqida so‘z ochib, o‘z g‘alabasini to‘rt mamlakat Rossiya, O‘zbekiston, Dog‘iston va Checheniston xalqiga bag‘ishlaganini bildirdi.
“Qalbimda ajoyib his-tuyg‘ular mavjud. Ehtimol, hozir ichimdan nimalar kechayotganini sizga ifodalab berolmasman. Men yaponiyalik raqibimni uslubda ushladim. Turnir davomida juda qiyin bahslar bo‘ldi. Raqiblarimga bunday raqobat uchun rahmat aytmoqchiman. Har bir raqib meni kuchliroq qildi, ularga katta rahmat. Turnirga Rossiya terma jamoasi yetishmadi, ular bilan bahslar yanada qiziqarliroq o‘tardi. Mening oltinim Rossiya, O‘zbekiston, Dog‘iston va men bilan g‘ururlangan Chechenistonim uchun”, deydi Jamalov.
Ma’lumot uchun, 2024 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari 11 avgustga qadar davom etdi. Musobaqada jami 329 ta mukofotlar jamlanmasi o‘ynaldi. Olimpiya o‘yinlarida 32 sport turi bo‘yicha medallar uchun bahslar bo‘lib o‘tdi va 19 ta sport turida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi 5 ta sport turida sovrindor bo‘lib, umumjamoa hisobida 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza jami 13 ta medal bilan 13-o‘rinni egalladi.