Moskvada Rossiya terma jamoasining tojikistonlik murabbiyi hibsga olindi
Sport
−
08 iyul
14605Erkin kurash bo‘yicha Rossiya yoshlar jamoasining tojikistonlik murabbiyi Alisher Ismatzoda terrorizm ishi bo‘yicha hibsga olindi. Bu haqda “Tsargrad.tv” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Rossiya Tergov qo‘mitasi Ismatzodani terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashganlikda ayblamoqda. Moskvaning Shcherbinskiy tuman sudi erkin kurash bo‘yicha Rossiya yoshlar terma jamoasi murabbiyiga nisbatan 28 avgustga qadar hibsga olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanladi.
Mamlakatdagi OAV Ismatzodaning hibsga olinishi Dog‘istondagi teraktlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Alisher Ismatzoda Moskvadagi 76-sonli sport maktabida ishlayotgandi. U Rossiya yoshlar terma jamoasi va erkin kurash bo‘yicha Moskva yoshlar terma jamoasiga ustozlik qilgan. Shuningdek, qo‘lga olingan shaxs mashhur e’lonlar saytida sport jihozlarini sotgan. Uning BMW 740 va Range Rover Evoque Land Rover avtomobillari mavjudligi aniqlangan.
LiveBarchasi