Tokio-2020: xitoylik og‘ir atletikachi jahon rekordini o‘rnatdi
Sport
−
01 avgust 2021
5280Xitoy og‘ir atletika terma jamoasi vakili Shi Jiyong jahon rekordini o‘rnatdi va Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Xitoylik og‘ir atletikachi Shi Jiyong Tokio Olimpiya o‘yinlarida -73 kg vazn toifasida ishtirok atletlar o‘rtasidagi bahslarda oltin medalni qo‘lga kiritdi va umumiy hisobda 364 kg og‘irlikdagi toshni o‘ziga bo‘ysundirib, jahon rekordini o‘rnatdi.
Kumush medal venesuelalik Xulio Ruben Mayora Pernya (346 kg) bronza esa Indoneziyalik Rahmat Ervin Abdullaga (342 kg) nasib etdi.
Ma’lumot o‘rnida, ayollar o‘rtasidagi bahslarda -49 kg vazn toifasida ishtirok etgan xitoylik Xou Chjixuey umumiy 210 kg og‘irlikdagi toshni ko‘tarib, bir yo‘la 3 ta Olimpiya rekordini o‘rnatgan edi. Shuningdek, -55 vazn toifasida medallar uchun kurashgan o‘zbekistonlik Muattar Nabiyeva dast ko‘tarish mashqida 98 kg vaznli toshni o‘ziga bo‘ysundirib, Olimpiada rekordini o‘rnatdi.
LiveBarchasi