Akbar Jo‘rayev Jahon kubogida 3 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 10 aprel kuni Og‘ir atletika bo‘yicha Tailandning Pxuket shahrida o‘tayotgan Jahon kubogida O‘zbekiston vakili Akbar Jo‘rayev 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasida -109 kg vazn toifasida kechgan bahslarda o‘zbekistonlik ikki sportchi Akbar Jo‘rayev va Sharofiddin Amriddinov kun qahramoniga aylanishdi. 

Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Jo‘rayev dast ko‘tarishda 189 kg, siltab ko‘tarishda 227 kg va ikki kurash bo‘yicha 416 kg bilan 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Dast ko‘tarishda 170 kg qayd etgan Amriddinov ushbu dasturda bronza medaliga ega chiqdi. Uning siltab ko‘tarishdagi 208 kg va ikki kurashdagi 378 kg natijalari ushbu yo‘nalishlarda medallar uchun kamlik qildi. 

Afsuski, ayollar o‘rtasida +87 kg vazn toifasida qatnashgan O‘zbekiston vakilasi Tursunoy Jabborova dast ko‘tarishdagi 119 kilogramdan keyin musobaqani oxirigacha yakunlay olmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Og'ir atletika Akbar Jo'raev Tursunoy Jabborova Sharofiddin Amriddinov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing