Og‘ir atletika Olimpiya o‘yinlari dasturida qoladigan bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 16 oktyabr kuni Hindistonning Mumbay shahrida Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining (XOQ) 141-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish fonida tashkil etilgan XOQ Ijroiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Unda ko‘rib chiqilgan bir qator muhim masalalar qatorida og‘ir atletika sport turining Olimpiya o‘yinlari dasturida qolish-qolmasligi ham ko‘rib chiqildi. 

XOQ Prezidenti Tomas Bax boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda Los-Anjelesdagi Olimpiya o‘yinlari dasturi tasdiqlandi. Unda og‘ir atletika bo‘yicha ham sportchilar ishtirok etishi rasman qayd etildi. 

Xalqaro Og‘ir atletika federatsiyasi rahbari Muhammad Jallud ushbu xabarni quyidagicha izohladi:

“Mening so‘zlarim dunyo og‘ir atletika oilasiga qaratilgan, ayniqsa sportchilarga. Bu xabar xursand bo‘lishga arziydi. Har birimizning harakatimiz sabab bu yerga yig‘ildik. Birdamligimiz, kuchimiz va o‘zgartirishlarga intilishimizni inobatga olgan Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga minnatdorlik bildiramiz”,  deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

Og'ir atletika Olimpiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing