Daniil Yeybog Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi

Sport

image

Bugun, 19 fevral kuni o‘zbekistonlik short-trekchi Daniil Yeybogning Milan–Kortina-2026 qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki yakuniga yetdi.

Daniil Yeybog 500 metr masofaga kechgan chorak final bahsida beshinchi bo‘lib marraga keldi. Ushbu natija Yeybogga yarim finalga chiqish uchun kamlik qildi va u shu nuqtada ishtirokini tugatdi.

Shuningdek, joriy yilning 16 fevral kuni o‘zbekistonlik sportchi Medet Nazarov Milan-Kortina–2026 qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunlagandi.

Nazarov dastlabki chiqishda 1:07,51 qayd etgan va bu orqali Medet marraga yetib kelganida 33-pog‘onaga joylashgandi. Ikkinchi startda Nazarov ayrim sabablarga ko‘ra, ishtirok etmagan va umumiy reytingdan joy ololmagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiya Daniil Eybog yakun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing