Og‘ir atletika: O‘zbekiston jamoasining JCHda qatnashadigan tarkibi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Joriy yilning 6-15 dekabr kunlari Bahrayn poytaxti Manama shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkaziladi. Musobaqa bahslarida 6 ta vaznda o‘zbekistonlik atletlar ishtirok etadi.

Ayollar o‘rtasida -64 kg vaznda Shaxloxon Abdullayeva va -87 kg da Tursunoy Jabborova o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi.

Erkaklar o‘rtasida -81 kg da Muhammadqodir Toshtemirov, -89 kg da Sarvarbek Zafarjonov va  -109 kg vaznda Sharofiddin Amriddinov va Ruslan Nuriddinov bahslarda qatnashadi.

O‘zbekistonlik o‘gir atletikachilar Jahon chempionatidagi ishtirokini 10 dekabrdan boshlaydi. O‘sha kuni Shaxloxon Abdullayeva va Muhammadqodir Toshtemirov medallar uchun kurash olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Og'ir atletika Ruslan Nuriddinov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing