Tokio-2020; qilichboz Zaynab Dayibekova 3-raqamli sportchini mag‘lub etdi

Sport

image

Qilichbozlikning sablya yo‘nalishida O‘zbekiston nomidan Olimpiadada ishtirok etayotgan 18 yoshli sportchi Zaynab Dayibekova dastlabki ikki bahsda g‘alaba qozondi. 

Dastlab, mezbon mamlakat — Yaponiya vakili Chika Aokiga qarshi kechgan jangda 15:9 g‘alaba bilan o‘zbek sportchilarining bugungi ishtirokini muvaffaqiyatli boshlab berdi. 

Ikkinchi davrada qoraqalpog‘istonlik sportchiga Osiyo o‘yinlari finalchisi xitoylik Yasi Shao raqiblik qildi. Dayibekova ushbu bellashuvni ham ko‘ngildagidek o‘tkazib, 15:10 hisobida raqibidan ustun keldi. Dayibekova reytingda 35, Shao esa 3-raqamda saralangan edi.

Uning keyingi davradagi raqibi janubiy koreyalik Jisu Yon bo‘ladi. Ushbu jang Toshkent vaqti bilan soat 9:30 dan so‘ng boshlanishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Tokio-2020 Qilichbozlik Zaynab Dayibekova

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing