O‘zbekistonlik qilichbozlar Jahon kubogida shohsupaga ko‘tarildi

Sport

image

Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Jahon kubogida ishtirok etdi va 2 tadan oltin va kumush hamda 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

O‘tgan hafta yakunida Qozog‘istonning Olmaota shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalga ega chiqdi.

Qizlar o‘rtasida Guliston Perdiboyeva oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, jamoaviy bahsda o‘zbekistonlik qilichboz qizlarga teng keladigani topilmadi. O‘zbekiston qizlar terma jamoasi vakilasi Ayako‘z Jumamurodova kumush medalga sazovor bo‘lsa, Samira Shokirova bronza medalni o‘ziniki qildi. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi esa jamoaviy bahslar yakunida kumush medalni qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Jahon kubogi Qilichbozlik O'zbekiston yoshlar terma jamoasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing