Tokio-2020: bugun o‘zbekistonlik sportchilarda medallar uchun imkoniyat qanday?

Sport

image

Bugun, 29 avgust kuni Tokio shahrida o‘tayotgan paralimpiya o‘yinlarida 12 nafar o‘zbekistonlik sportchi bahslarga kirishadi.

Para pauerlifting bo‘yicha 88 kg vaznli atletlar o‘rtasida Farhod Umrzoqov final bosqichida o‘z ishtirokini boshladi.

Para suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida S13 klassda 50 metr masofaga erkin usulda suzish bo‘yicha saralash bahslari yakunlandi. 

Unda 2 nafar ishtirok etgan ikki nafar o‘zbekistonlik suzuvchi final yo‘llanmasi uchun bahs olib bordi. Islam Aslanov 23,90 soniya vaqt bilan o‘z guruhida 1-o‘rinni egalladi va final bosqichiga yo‘l oldi. Muzaffar Tursunxo‘jayev esa 24,62 soniya vaqt sarflagan holda marraga 4-bo‘lib keldi va finalga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi. Final bahslari bugun Toshkent vaqti bilan soat 14:11 da boshlanadi.

Shuningdek, og‘ir vaznli dzyudochilar ham o‘z yurishini boshladi. Erkaklar o‘rtasida 100 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Sharif Halilov chorak finalda Buyuk Britaniya vakili Kristofer Skelliga qarshi tatamiga chiqdi.

Halilov ushbu bahsda ippon bahosi evaziga mag‘lub bo‘ldi. Biroq u bronza medali uchun kurashni davom ettiradi va o‘tish bahsida yaponiyalik Yoshikazu Matsumoto raqiblik qiladi.

Ilk bosqichda Sharif Halilov ozarbayjonlik Kanan Abdullaxanliga qarshi kurash olib borgan va “oltin ochkolar”ga qadar davom etgan bahsda raqibi ustidan ippon bahosi evaziga g‘alaba qozongandi. 

Erkaklar o‘rtasida -90 kg vazn toifasida chorak finalda ishtirok etgan Shuhrat Boboyev britaniyalik Elliot Styuartga mag‘lub bo‘ldi. “Oltin ochkolar”ga qadar davom etgan bellashuvda o‘zbekistonlik dzyudochi passivligi uchun 3 marta ogohlantirildi. Natijada Styuart g‘olib, deb topildi. Endi Boboyev ham bronza medali uchun kurashni davom ettiradi, qozog‘istonlik Janbota Amanjol raqiblik qiladi.

Birinchi davrada Shuhrat Boboyev moldovalik Oleg Kretulga qarshi tatamiga chiqib, vazari bahosi evaziga g‘alaba qozongan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tokio-2020 Paralimpiada Farhod Umirzoqov Sharif Halilov Shuhrat Boboev Islam Aslanov

Baholaganlar

285

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing