Tog‘a voyaga yetmagan 5 nafar jiyanini xipchin bilan savaladi (video)
Olam
−
16 noyabr
10242Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs yosh bolani xipchin bilan savalayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, holat Ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganilib, bir necha kun davomida o‘tkazilgan tekshiruv choralari natijasida ushbu videolavha Tojikiston Respublikasining Xatlon viloyati Regar tumanida olingani, mazkur voyaga yetmagan bolalarning onasi ishlash maqsadida Rossiyaga ketgani, bolalar tog‘asining qaramog‘ida qolib tazyiq va zo‘ravonlikka uchragani ma’lum bo‘lgan.
Zo‘ravonlik holatiga Tojikiston huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho berilmoqda.
Videoda 5 nafar voyaga yetmagan bolalar erkak tomonidan xipchin bilan savalanganini ko‘rish mumkin. Erkak bolalarga ota-onasini chaqirishini aytib, ularni savalashda davom etgan. Videoda ayol kishining ham ovozi eshitilgan.
LiveBarchasi