TIV Moskvadagi janjalda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Moskva shahrida 10 nafar O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida sodir bo‘lgan mushtlashuvda ikki kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moskvada yuz bergan mushtlashuv va halok bo‘lganlar haqida rasmiy ma’lumot berdi.

“O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yilning 17 fevral kuni Moskva shahrida mamlakatimiz fuqarolari ishtirokida sodir bo‘lgan hodisa natijasida jarohat olganlardan bir kishi voqea joyida, ikkinchisi kasalxonada vafot etgan”, deyiladi xabarda.

Tergov qo‘mitasining Moskva shahri bo‘yicha Bosh boshqarmasi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi 4-qismida (qasdan sog‘likka o‘limga olib keluvchi og‘ir jarohat yetkazish) asosida jinoyat ishi ochilgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari:

1. Nodirbek G‘ulomqodirovich Nusratov, 1989 yil 29 oktyabrda tug‘ilgan;

2. Otabek Nusratov, 1987 yil 24 oktyabrda tug‘ilgan.

Elchixona konsullik bo‘limi Rossiyaning tegishli idoralari bilan aloqa o‘rnatgan va vaziyatni nazorat ostida ushlab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

TIV Moskva o'zbekistonlik

Baholaganlar

292

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing