“Titanik”da Rouz jon saqlagan eshik kimoshdi savdosiga qo‘yildi (foto)

Madaniyat-san’at

image

Mashhur “Titanik” filmi suratga olinayotganda Rouz va Jekning xayrlashuv sahnasida rekvizit vazifasini bajargan eshik auksionga qo‘yildi. Bu haqda “Daily Mail“ nashri ma’lum qildi.

Bildirilishicha, eksponatning boshlang‘ich narxi 40 ming dollar deb belgilangan. Kimoshdi savdosi 20-24 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Eshikning uzunligi 243 sm, eni 104 sm. 

Ma’lumot uchun, “Titanik” filmi keng jamoatchilikka taqdim etilganida, muxlislar kinoning yakuni haqida bir necha bor bahslashib, ikkala personaj ham birgalikda o‘sha bahaybat eshik ustida jon saqlaganida, Jek ham omon qolishi mumkinligini bildirgan. Ammo film rejissyori Jeyms Kemeronning kuzatishlariga ko‘ra, eshik Jek va Rouzning og‘irligini ko‘tarolmaydi va oxir-oqibat ulardan biri cho‘kib ketishi kerak bo‘lgan. Shu bois Jek suv tubiga g‘arq bo‘ladi, chunki hikoya fojia bilan yakunlanishi avvaldan rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Uinston Cherchillning soxta jag‘lari mamlakatda kimoshdi savdosiga qo‘yilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Titanik kimoshdi Rouz eshik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing