Cherchillning protezlari Britaniyada kimoshdi savdosiga qo‘yiladi
Bu qiziq
−
20 yanvar
7017Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Uinston Cherchillning soxta jag‘lari mamlakatda kimoshdi savdosiga qo‘yilmoqda. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
"Cherchillning soxta tishlari, ehtimol, biz sotgan eng noodatiy narsalardir", deydi The Cotswold Auction Company bosh direktori Liz Pul.
Kimoshdi savdosi 6 fevral kuni Cheltnemda bo‘lib o‘tadi.
Uinston Cherchill deyarli butun umri davomida tish muammolarini boshdan kechirgan. Yoshligida u bir nechta tishlarini yo‘qotgan. Bosh vazirning yonida doimo soxta jag‘larning zaxira to‘plamlari bo‘lgan. Yuqori protezlar to‘rtta to‘plamdan biridir.
Mutaxassislar tilla ramkadagi protezni 5 ming funtdan 8 ming funtgacha (6,3 ming dollar – 10,1 ming dollar) baholamoqda. 2010 yilda Norfolkdagi kimoshdi savdosida tishlar 15,2 ming funtga sotilgan edi.
Muzeyda saqlanayotgan jag‘dagi yozuvda "yaxshi o‘rnatilgan protez bosh vazir uchun eng muhim jismoniy va psixologik yordam bo‘lgan" deyiladi.
Bosh vazir Ikkinchi jahon urushi tugaganini e’lon qilgan mikrofon ham 6 fevral kuni sotuvga chiqariladi. Uning dastlabki narxi 5 ming funtdan, 8 ming funtgacha.
Cherchill Britaniya hukumatini 1940-1945 yillarda va yana 1951-1955 yillarda boshqargan.
LiveBarchasi