Pollokning “Number 7A” asari rekord narxga sotildi
Bu qiziq
−
19 may 1312 1 daqiqa
Jekson Pollokning mashhur san’at asarlaridan biri Christie’s kimoshdi savdosida rekord narx – 181 million dollarga sotildi. Mutaxassislar ushbu asarni “san’at tarixidagi birinchi chinakam mavhum rasmlardan biri” sifatida ta’riflamoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.
1948 yilda yaratilgan “Number 7A” kartinasi marhum amerikalik rassomning auksiondagi eng qimmat asariga aylandi. Shu orqali Pollokning avvalgi rekord natijasi ham yangilandi. Media magnati SI Newhouse’ning shaxsiy kolleksiyasiga tegishli bo‘lgan ushbu kartina hozirgacha kimoshdi savdosida sotilgan eng qimmat to‘rtinchi san’at asari hisoblanadi.
Pollok yaratgan bo‘yoqni tomchilatib chizish texnikasi san’at olamidagi eng mashhur va ko‘p taqlid qilinadigan uslublardan biriga aylangan.
Pollokning auksiondagi avvalgi rekordi uning 1951 yilda yaratilgan “Number 17” kartinasi bo‘lgan. Mazkur asar 2021 yilda 61,2 million dollarga sotilgandi. Biroq rassomning ayrim boshqa ishlari xususiy savdolarda bundan ham yuqori narxlarda xarid qilingan.
Christie’s tavsifiga ko‘ra, “Number 7A” uch metrdan ortiq ulkan polotnoda qora bo‘yoq tomchilari va qizil rang izlari bilan ishlangan bo‘lib, san’at tarixidagi muhim burilishlardan birini ifodalaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pablo Pikassoning 80 yildan beri ko‘rilmagan rasmi kimoshdi savdosiga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiPutin Xitoyga yetib bordi
19 may